
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Muhofaza departamenti bilan hamkorlikda viloyat toifalangan obyektlari rahbarlari uchun nazariy va amaliy seminar tashkil etildi. Tadbir Andijon shahrida bo’lib o’tdi.
Tomonlar o’zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar hamda obyektlar xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy yondashuvlarini, jumladan uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA) tomonidan ruxsatsiz amalga oshiriladigan parvozlardan himoyalanishni ko’rib chiqdilar.