
Ko‘rgazmaning birinchi kunida EAS Company jamoasi Gretsiya, Yaponiya, Ruminiya, Chexiya va Abu-Dabi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Shuningdek, jamoa Qatar elektr energetikasi va suv ta’minoti korporatsiyasi — Kahramaa faoliyati bilan tanishdi.

Ko‘rgazma davom etmoqda. Sizni EAS Company’ning S-059 raqamli stendiga tashrif buyurib, kompaniya ishlanmalari bilan tanishishga taklif qilamiz.
