
Electronic Autonomous Solutions kompaniyasi mamlakatning yetakchi sanoat xoldinglaridan biri bo'lgan "O'zkimyosanoat" AJ vakillari bilan amaliy uchrashuv o'tkazdi.
Muzokaralar davomida EAS mutaxassislari kompaniyaning UUV larga qarshi kurashish sohasidagi istiqbolli texnologik ishlanmalarini taqdim etdilar va sanoat obyektlari xavfsizligini ta'minlash bo'yicha hamkorlikning mumkin bo'lgan yo'nalishlarini muhokama qildilar.
EAS Company O'zbekistonning asosiy korxonalari bilan izchil muloqot o'rnatib, strategik muhim infratuzilmani himoya qilish uchun zamonaviy yechimlarni taklif etmoqda.