
Tadbirkorlar kuni munosabati bilan Prezidentimiz Farmoniga ko’ra, kompaniyamiz ta’sischisi va Boshqaruv raisi Azizbek Ubaydullayev “Faol tadbirkor” ko’krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Bu mukofot — yurt tinchligi va xavfsizligi yo'lida fidokorona mehnat, shuningdek butun “EAS” jamoasining hamjihatligi va mehnati mahsulidir.
Azizbek Ubaydullayevga mustahkam sog’lik va Milliy mudofaa sanoatimiz rivoji yo'lida yuksak zafarlar tilaymiz!
Yurtimiz tinch, mehnatimiz sharafli va muvaffaqiyatlarimiz yuksak bo’lsin!