
Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan ADEX 2026 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida EAS Company va SOCAR — Ozarbayjon Respublikasining Davlat neft kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum EAS kompaniyasining zamonaviy yechimlarini qo‘llash orqali xavfsizlik texnologiyalari va muhim infratuzilma obyektlarini himoya qilish sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.