
ASELSAN Turkiyaning yetakchi mudofaa kompaniyalaridan biri bo'lib, radar tizimlari, elektron urush, elektrooptika va uchuvchisiz texnologiyalar ishlab chiqarishda ixtisoslashgan.
Tashrif davomida tomonlar muzokaralar o'tkazdi, mudofaa texnologiyalari sohasida tajriba almashdi va kompaniya ishlab chiqarish zavodi bilan tanishdi.
EAS kompaniyasi mudofaa sanoatining yetakchi korxonalari bilan xalqaro hamkorlikni izchil rivojlantirmoqda. Mazkur uchrashuv ushbu yo'nalishda muhim qadam bo'lib, qo'shma ishlanmalar va texnologiyalar almashuvi uchun yangi istiqbollarni ochdi.