
Boku shahrida ADEX 2026 xalqaro ko‘rgazmasining dastlabki ikki kuni yakunlandi. EAS Company ko‘rgazmada O‘zbekistonning Milliy pavilioni tarkibida, “Made in Uzbekistan” yagona milliy brendi ostida ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma doirasida EAS jamoasi kompaniyaning ishlanmalarini taqdim etdi, xalqaro mudofaa hamjamiyati vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi va kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.