
10-oktabr kuni EAS Company va INHA University hamkorligida soha mutaxassislari, akademik hamjamiyat vakillari hamda talabalarni birlashtirgan ilmiy-amaliy forum bo‘lib o‘tdi.

Forum doirasida uchuvchisiz tizimlar, radioelektron kurash va avtonom navigatsiya mavzularida ma’ruzalar tinglandi. Dasturdan Robotics Lab Future Technology Company bilan hamkorlikda tashkil etilgan talabalar loyihalari tanlovi ham o‘rin oldi. Ishtirokchilar o‘z loyihalarini taqdim etib, sovrinli o‘rinlar uchun bellashdilar.

Forumning muvaffaqiyatli o‘tkazilishiga hissa qo‘shgan barcha ma’ruzachilar, hamkorlar va ishtirokchilarga minnatdorlik bildiramiz!