
EAS Company Surxondaryo viloyatida yangi ofis ochilganini ma’lum qiladi.

Mazkur ofisning ochilishi kompaniya rivojlanishining navbatdagi bosqichi bo‘lib, hududiy hamkorlikni mustahkamlash, sheriklik aloqalarini rivojlantirish hamda O‘zbekiston bozorida hamkorlik samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.