
2025 yil 17-21 fevral kunlari Electronic Autonomous Solutions (EAS) kompaniyasi Birlashgan Arab Amirliklari, Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan xalqaro mudofaa texnologiyalari ko‘rgazmasi IDEX 2025 da ishtirok etdi.
IDEX — mudofaa va xavfsizlik sohasida eng yirik va nufuzli ko‘rgazmalardan biri bo‘lib, dunyo bo‘ylab yetakchi ishlab chiqaruvchi va rivojlantiruvchilarni birlashtiradi.
Ushbu tadbirda EAS kompaniyasi dronlarga qarshi kurashda zamonaviy talabga mos ravishda yaratilgan uchta yangi innovatsion mahsulotini taqdim etdi:
EAS-1 Fowler — radiochastotali signallarni bloklash uchun mo‘ljallangan portativ tizim bo‘lib, dronlarni boshqarish va navigatsiya signallarini samarali to‘sish imkonini beradi. Har xil sharoitlarda tez va qulay joylashtirishni ta’minlaydi.
EAS-2 Airfender — kichik dronlarga qarshi yuqori samarali, kompakt tizim bo‘lib, ommaviy tadbirlar va xavfsizlik talablarining yuqori bo‘lgan hududlarda qo‘llanish uchun mos keladi.
EAS-ADE 2 Airwall — dronlarni aniqlash va signallarini bloklash uchun mo‘ljallangan statsionar tizim bo‘lib, muhim obyektlar va infratuzilmalarni ishonchli himoya qiladi.
IDEX 2025 da qatnashish EAS kompaniyasiga o‘zining ilg‘or texnologiyalarini keng xalqaro auditoriyaga namoyish etish va innovatsion mahsulotlar bo‘yicha jahon bozoridagi o‘rnini mustahkamlash imkonini berdi.