
10-oktyabr kuni Toshkent shahridagi INHA universitetida texnologiya, muhandislik va IT sohalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy forum bo‘lib o‘tadi. Dasturdan mahalliy va xorijiy spikerlar ishtirokidagi sessiyalar, talabalar loyihalari tanlovi hamda kompyuterda o‘tkaziladigan test sinovlari o‘rin olgan.
Ro‘yxatga olish 09:30 da, forumning ochilish marosimi esa 10:00 da boshlanadi.
📍 Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘chasi, 9-uy.