
Tashrif doirasida "Electronic Autonomous Solutions" jamoasi mudofaa sektori uchun elektron-optik tizimlar ishlab chiqaruvchilaridan biri bo'lgan "3E Elektro Optik Sistemler" kompaniyasiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida tomonlar muzokaralar o'tkazib, kompaniyaning ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan tanishishdi hamda mudofaa texnologiyalari sohasida tajribalar almashildi.

Bu kabi tashriflar uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va qo'shma loyihalarga ilg'or texnologiyalarni joriy etish uchun yangi istiqbollar ochadi.